Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga murojaat qilgan iste'molçining hisobidan Toşkent şahridagi Mirzo Uluğbek nomidagi “Markaziy boğ” (“Central Park”) uçun olingan kartadagi 60 ming söm pul mablaği ogohlantirişsiz yeçib olingan. 

Agentlik xabariga köra, uşbu masalani örganiş jarayonida mazkur istirohat boği hududida foydalaniş uçun möljallangan kartalar bilan boğliq muammo yana bir neça ming iste'molçilarga ham taalluqli ekani ma'lum bölgan.

“Tölov kartaning orqa tomonida uning amal qiliş muddat körsatilgan. Muddat tugagandan söng, undagi mablağlar karta egasi arizasiga asosan xizmat körsatuvçi kassa tomonidan 3 kunlik muddatda yangi kartalarda ötkazib beriladi. Aslida, maxsus kartalarning amal qiliş muddati 2020 yil 31 dekabrgaça deb körsatilgan. Lekin 2020 yil tugaşi arafasida karta amal qiliş muddati va ularni almaştiriş tartiblari haqida iste'molçilar biron marta ham ogohlantirilmagan. Istirohat boğiga borgan iste'molçi kartadan foydalana olmagandan sönggina bu haqda xabardor bölgan”, deyiladi ma'lumotda.

“Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun 6-moddasiga asosan, işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi) iste'molçiga özi realizatsiya qilayotgan tovar (iş, xizmat)lar haqida öz vaqtida zarur, töğri va tuşunarli ma'lumot berişi şart. Şuningdek, 21-moddaga asosan, sotuvçi (ijroçi) iste'molçini haq evaziga qöşimça tovarlar sotib olişga yoki qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga, şuningdek körsatilmagan xizmatlar uçun haq olişga haqli emasligi belgilangan.

Agentlik uşbu holatlarga aniqlik kiritiş maqsadida “Jet Invest” MÇJ QKga tegişli sörovnoma yuborib, holat yuzasidan tuşuntiriş olindi. 

Unga asosan, 2018 yildan buyon “Jet Invest” MÇJ QKga tegişli “Markaziy boğ” (“Central Park”) tomonidan 130 000ta iste'molçiga boğda foydalaniş kartalari rasmiylaştirib berilgan. Amal qiliş muddati ötgan 18 291ta maxsus kartada iste'molçilarning hisobraqamlarida 335 610 000 söm mavjud ekani haqida ma'lumot berib ötilgan. 

“Istirohat boği ma'muriyati ta'kidlaşiça, pandemiya paytida tölov tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani muammoga sabab bölgan. Agentlikning körsatmasiga asosan bugungi kunga qadar mazkur istirohat boği tomonidan 643ta iste'molçiga 14 872 400 söm mablağ qaytarildi”, deyilgan xabarda.

Qayd etilişiça, bugungi kunda Mirzo Uluğbek nomidagi “Markaziy boğ” (“Central Park”) ma'muriyati tomonidan iste'molçilarga örnatilgan tartibda kartalaridagi mablağlarini qaytariş davom etmoqda. Buning uçun iste'molçilar kassa xodimiga murojaat qilişi kerak. Şundan söng  kartadagi balans tekşiriladi va unda qolgan mablağ yangi kartaga ötkazib beriladi.