Jahon | 17:38 / 10.07.2019
34139
1 daqiqa o‘qiladi

Uchinchi marta. Merkelni rasmiy uchrashuv vaqtida yana titroq tutib qoldi

Foto: AP Photo / Markus Schreiber

Germaniya kansleri Angela Merkelni Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida titroq tutib qoldi. Merkel xonimni oxirgi uch haftada uchinchi marta rasmiy uchrashuv vaqtida titroq tutmoqda.

Oldinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuvlar vaqtida ham kansler shunday holatga tushgandi. Merkel oldingi ikki holatda ahvolining yomonlashganini havo haroratining yuqoriligi bilan baholagan va suv ichgach, hammasi joyiga tushganini aytgandi.

Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv protokol bo‘yicha davom etmoqda. «O‘zimni yaxshi his qilyapman, xavotirga o‘rin yo‘q»,- dedi matbuot anjumani davomida Merkel xonim.

Mavzuga oid