Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chekni talab qil va sovg‘a yutib ol» ommaviy aksiyalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddat ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni davlat soliq xizmati organlarida QQS to‘lovchilari sifatida hisobga olish tartibini ishlab chiqadi;
- onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha chegirmalar berish yoki cheklarda ko‘rsatilgan QQSning bir qismini qaytarib berish tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritadi;
- manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
2020 yil 1 yanvardan boshlab:
- davlat coliq xizmati organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, ularni moddiy rag‘batlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qo‘llash tizimini joriy etadi;
- Savdo-sanoat palatasi va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish maqsadida «Chekni talab qil va sovg‘a yutib ol» ommaviy aksiyalari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ctrategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
23:50 / 31.10.2025
Navoiyda xatolik tufayli 2 dona qalampirga 2 mlrd so‘mlik chek urildi
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025