Sport | 13:36 / 11.07.2019
11363
1 daqiqa o‘qiladi
«Lokomotiv» Oston O‘runovning transferini e'lon qildi
Toshkentning «Lokomotiv» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Namanganning «Navbahor» klubi futbolchisi Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilindi.
Transferning tafsilotlari va futbolchi qaysi raqamda o‘ynashi ochiqlanmagan. 2000 yilda tug‘ilgan O‘runov «Navbahor»da sobiq murabbiy Andrey Kanchelskis bilan kelisha olmagandi. Samarqandda o‘tgan «Dinamo»ga qarshi o‘yinda murabbiy maydondagi o‘rnidan norozi bo‘layotgan Ostonni zaxiraga olgandi va buning sababini ochiq aytgandi.
«Lokomotiv» matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, O‘runov O‘zbekiston chempionatida 51 ta o‘yinda maydonga tushgan.