23 yoşli hujumkor yarimhimoyaçi «Persipolis» klubi bilan 1,5 yillik şartnoma imzolagan. Örunov 2023 yil oxirida «Navbahor»ni tark etgandi va eronliklar safiga erkin agent sifatida qöşildi.

«Oston Örunov – qizil armiya askariga aylandi», - deyiladi Tehron klubi rasmiy sayti xabarida. 

Şuningdek, fors klubi Örunovning Osiyo kubogidagi iştiroki va JÇ-2026 saralaşi doirasidagi Özbekiston – Eron öyinida gol va assistga mualliflik qilganini yodga olgan.

Rossiyalik insayder Ivan Karpovning yozişiça, özbekistonlik futbolçi 1,5 yillik şartnomaga köra, Tehron klubida umumiy 900 ming AQŞ dollari maoş oladi. Bu oyiga 50 ming dollar maoşni taşkil qiladi.

Ma’lumot uçun, «Persipolis» Eron çempionatida 15-turdan keyin 3-örinda bormoqda. Klub 30 oçko bilan peşqadam «Istiqlol»dan 2 oçkoga ortda qolmoqda.

Eslatib ötamiz, milliy jamoamizning Osiyo kubogidagi iştirokidan keyin Jaloliddin Maşaripov ham Eronning «Istiqlol» klubiga köçib ötgandi.