Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 67 yoshli onaxon o‘qishga hujjat topshirdi
Navoiy davlat pedagogika institutiga 67 yoshli onaxon o‘qish kirish uchun hujjatlarini topshirdi. Bu haqida institut qabul komissiyasi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvchi Sharofat Tasheva institutning «Ona tili va adabiyoti» fakultetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirgan.


Ta'kidlash joizki, bu yilgi qabul jarayonlarida respublikadagi turli oliygohlariga yoshi keksa otaxon va onaxonlar ham talaba bo‘lish xohishini bildirayotgan holatlar kuzatilmoqda. Oliy ta'lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab yoshga doir cheklovlar amal qilmasligidir.
Mavzuga oid
08:32
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026