Navoiy davlat pedagogika institutiga 67 yoşli onaxon öqiş kiriş uçun hujjatlarini topşirdi. Bu haqida institut qabul komissiyasi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvçi Şarofat Taşeva institutning «Ona tili va adabiyoti» fakultetiga öqişga kiriş uçun hujjatlarini topşirgan.


Ta'kidlaş joizki, bu yilgi qabul jarayonlarida respublikadagi turli oliygohlariga yoşi keksa otaxon va onaxonlar ham talaba böliş xohişini bildirayotgan holatlar kuzatilmoqda. Oliy ta'lim muassasalariga abituriyent sifatida röyxatga olinayotgan 50 yoşdan oşgan fuqarolar soni köpçilikni taşkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boşlab yoşga doir çeklovlar amal qilmasligidir.











