Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 ming dona olov yondirgichlar manziliga yetmadi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Oq-oltin tumanida tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro I.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina saloni ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina salonida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va umumiy qiymati 7,5 million so‘mlik 3000 dona olov yondirgichlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:50
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026