Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas»ga yashirilgan sifati kafolatlanmagan dorilar to‘xtatib qolindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari tomonidan ayrim shaxslarning sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarni mo‘may daromad orttirish maqsadida yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Malik” o‘tkazish punkti orqali respublikamizga kirib kelgan “Damas” avtomashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashinaning old bamperi ichki qismiga 9 turdagi 1214 dona dori vositalari, shuningdek tamaki mahsulotlari, kir va idish yuvish vositalari xufiyona tarzda yashirilganligi aniqlandi.
Jazirama kunlarda kapsula, tabletka, shamdori va surtma shaklidagi mazkur dori vositalarini saqlash va tashish shartlariga rioya qilinmasligi natijasida ularda kimyoviy o‘zgarishlar kuzatilishi va sifati buzilishi kundek ravshan. Bu esa yurtdoshlarimiz salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Mazkur holatda to‘xtatib qolingan dori vositalari va boshqa tovarlarning umumiy qiymati 97 mln. 695 ming so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
08:31 / 07.04.2026