Yaponiyaning Toregem BioPharma startapi inson organizmida qöşimça tişlar ösişini çeklab turuvçi USAG-1 oqsilini bloklaydigan preparat işlab çiqdi.
Tadqiqotçilarning fikriça, mazkur dori organizmda mavjud bölgan, ammo faollaşmagan tiş kurtaklarini «uyğotişi» va yangi tişlar ösişiga turtki berişi mumkin.
Loyiha doirasida olimlar dastlab maxsus gen öçirilgan siçqonlarda tajriba ötkazgan. Natijada ularda qöşimça tişlar paydo bölgan. Keyinçalik preparat boşqa hayvonlarda ham sinovdan ötkazilgan.
2024 yil oxiridan buyon Kioto universiteti şifoxonasida preparatning insonlardagi klinik sinovlari boşlangan. Tadqiqotda kamida bitta tişi yöq 30 nafar katta yoşli erkak iştirok etmoqda.
Hozirça sinovlarning yakuniy natijalari e’lon qilinmagan. Olimlar uşbu bosqiçda iştirokçilarda yangi tişlar ösişi ehtimoli past ekanini, asosiy maqsad preparat xavfsizligini baholaşdan iboratligini ta’kidlamoqda.
Agar dori xavfsiz deb topilsa, keyingi bosqiçda u ikki yoşdan yetti yoşgaça bölgan, tuğma ravişda tişlari yetişmaydigan bolalarda sinovdan ötkaziladi.
Mutaxassislarning ma’lum qilişiça, har ming kişidan taxminan bittasida oltita yoki undan ortiq tişning tuğma ravişda yöqligi kuzatiladi. Bu holat ovqat çaynaşga qiyinçilik tuğdirişi bilan birga, bolalar va ösmirlarda psixologik muammolarni ham keltirib çiqaradi.
Ayrim mustaqil ekspertlar hatto yangi tişlar ösgan taqdirda ham ular notöğri joylaşişi mumkinligini aytmoqda. Biroq tadqiqotçilar bunday holatlarda ortodontik davolaş usullari yordam berişini ta’kidlamoqda.
Agar klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Toregem BioPharma kompaniyasi preparatni 2030-yillarda bozorga çiqarişni rejalaştirmoqda. Avvaliga u tuğma tiş yetişmovçiligi bölgan bolalarni davolaşda qöllanişi, keyinçalik esa kariyes yoki jarohat tufayli tişlarini yöqotgan kattalar uçun ham moslaştirilişi mumkin.
2030-yillarda yangi tiş östiruvçi dori bozorga çiqişi mumkin
13:15 / 04.06.20265 2982 min
Yaponiya olimlari insonlarda yangi tişlar ösişini rağbatlantirişi mumkin bölgan innovatsion preparatni sinovdan ötkazmoqda. Mutaxassislar uşbu texnologiya kelajakda tiş implantlariga ehtiyojni qisman kamaytirişi mumkin deb hisoblamoqda.











