Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi yo‘l-transport hodisasida 15 qochqin halok bo‘ldi
Turkiya sharqidagi Van viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 43 qochqin jabr ko‘rdi. Turk OAV xabar berishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan, 28 kishi yaralangan.
Ma'lum qilinishicha, voqea 18 iyul kunduzi O‘zalp tumanida yuz bergan. Haydovchi egri-bugri yo‘lda noqonuniy muhojirlar tashilgan mikroavtobusni boshqarolmay qolgan. Oqibatda transport vositasi trassadan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.
Voqea joyiga ko‘p sonlik o‘t o‘chiruvchilar, jandarmeriya va 20 ta tez yordam mashinasi yetib kelgan. Barcha jarohatlanganlar yaqin oradagi davlat shifoxonalariga yetkazilgan.
Haydovchi ushlanib, politsiya bo‘limiga shaxsini o‘rnatish va ko‘rsatmalar berish uchun yetkazilgan. Jandarmeriya tergov boshlab yuborgan.
Van viloyati Eron chegarasida joylashgan. Bu yerdan Turkiyaga afg‘onistonlik migrantlar oqimi keladi.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026