Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada parlament saylovlari boshlandi
Ukrainada Oliy Rada uchun muddatidan avvalgi saylovlar boshlandi. Bunday saylov o‘tkazilishi mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy parlamentni tarqatib yuborganidan keyin belgilangandi.
Saylov uchastkalari mahaliy vaqt bilan soat 8:00da ochildi (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) va saylovchilar soat 20:00gacha (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) ovoz berishlari mumkin.
Qonunchilikka ko‘ra Oliy rada deputatlarining yarmi - 450 deputatning yarmi siyosiy partiyalar tomonidan saylanadi, qolgan yarmi — bir mandatli okruglar bo‘yicha. Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi, shuningdek Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Donetsk va Lugansk oblastlarining katta qismida ayirmachilar nazorat o‘rnatgani tufayli bir mandatli okruglar bo‘yicha 225 nafar deputat o‘rniga 199 deputat saylanadi, deputatlarning jami soni esa 450 nafar emas 424 nafar bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026