Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda yangi qo‘shma dasturlar ochiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.
Mazkur guruh tarkibida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori Z.Abdurashidov ham bor.
Ushbu yirik tadbir mobaynida ishchi guruh a'zolari Anqara shahridagi Hoji Bayram Vali universitetiga tashrif buyurib, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Hoji Bayram Vali universiteti o‘rtasida yangi qo‘shma dasturlar ochilishi xususida muzokara olib borishdi.
Ushbu muzokaralar natijasiga ko‘ra, joriy o‘quv yilidan boshlab Sayohat rahbarligi va gid tarjimonlik, kompyuter grafikasi va media dizayn, Turizm mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar ochish borasida aniq takliflar ilgari surildi.
Forumning navbatdagi kunlari davomida yakuniy xulosalarga asoslangan, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
14:43 / 05.06.2021
Maktabgacha ta'lim vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
22:04 / 12.08.2020
«Telegram – masofaviy ta'limni talab darajasida tashkil etadigan format emas» - vazir o‘rinbosari
14:42 / 12.08.2020
Magistratura imtihonlari maxsus joylarda onlayn o‘tkaziladi - vazirlik
23:12 / 25.03.2020