Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Telegram – masofaviy ta'limni talab darajasida tashkil etadigan format emas» - vazir o‘rinbosari
Xalqaro press-klubning 12 avgustdagi sessiyasida so‘z olgan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov masofaviy ta'limni tashkil etish masalasiga to‘xtaldi.
«Masofaviy ta'limni tashkil etish borasida birinchi navbatda xalqaro tajriba o‘rganildi. Ish beruvchi xodimlarga qo‘yadigan talablar ham o‘rganildi. Va hozir o‘qituvchilarni ham masofaviy ta'limga tayyorlayapmiz. Talabalarni ham bu muhitda ta'lim olishga tayyorlash vazifalari ham oldimizda turibdi.
Aytish kerakki, Telegram – masofaviy ta'limni talab darajasida tashkil etadigan format emas. Biz masofaviy ta'limni xalqaro tajribadan o‘rganib, onlayn platformalarda tashkil etyapmiz. Talabalar 1 sentyabrdan o‘qishga chiqqanda ham talabalarga, ham o‘qituvchilarga o‘rganilgan yangiliklar haqida ma'lumot beriladi. Bu yerda eng asosiy narsa sifatni ta'minlash bo‘lib qolmoqda», – deya Uzoqboy Begimqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlarida ikkinchi kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili 2 sentyabrdan, masofaviy tarzda boshlanadi. 1-kurslar uchun darslar 1 oktyabrdan yo masofaviy, yo an'anaviy shaklda boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026