Haydalgan avtomobilni arzonga sotib olmoqchimisiz?
Odatda avtomobilni sotilishiga bir nechta sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sabablar qatoriga avtomobilni yangilash, pulga bo‘lgan zarurat, avtomobil uchun yaxshi narx taklif qilinishi kabilarni kiritish mumkin. Tabiiyki, pul zarur bo‘lgan kishilar avtomobilni arzonga bo‘lsa ham qisqa fursatda sotishga intilsalar, ikkinchi toifadagi sotuvchilar borki, ular o‘z avtomobilini qimmatga sotish uchun keragicha kutishga tayyor bo‘ladilar. Bilamizki, arzonga avtomobil sotib olmoqchi bo‘lganlar talaygina bo‘lib, bunday taklif bilan bozorga chiqqan sotuvchilar xaridorni uzoq kutmaydi. U holda jozibador narxda sotilayotgan avtomobilni qanday qilib topish va imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik mumkin?
Avtobor.uz sayti tajribali avtodilerlar qo‘llaydigan bir nechta oddiy usullarni taklif qiladi:
1. Sotilayotgan avtomobillar e'lonlariga obuna bo‘lish
Turli xil saytlarga avtomobil xaqidagi e'loningizni joylashtirishingiz bilanoq avtodilerlarning qo‘ng‘iroq qilishi sizga tanish holatmi? Ular saytlardan xabarnoma olib turish uchun obuna bo‘lgan bo‘lib, siz avtomobilingizni sotishingiz haqidagi e'loningizni joylashtirishingiz bilan ularga xabar keladi. Bunday xabarnomalarga istagan kishi ega bo‘lishi mumkin bo‘lib, odatda bunday xizmatlar bepul taqdim etiladi. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirish mumkin?
Masalan, siz yaxshi holatdagi, narxi 5 000 sh.b.dan arzon bo‘lgan Chevrolet Spark sotib olmoqchisiz, ammo avto saytlarda o‘zingizga mos taklifni topa olmadingiz. U holda sizga Avtoborbot (@Avtoborbot) telegram botidan foydalanishni taklif qilamiz. Mazkur botga a'zo bo‘lgach, avval «Xarid» tugmasini bosasiz, keyin esa avtomobil markasini tanlab, qidiruv filtrini ishga tushirasiz. Shundan so‘ng «Ko‘rsatish» va «Obuna» tugmalarini bosasiz xolos! Endi siz 5 000 sh.b.dan arzonga sotilayotgan Chevrolet Spark avtomobillari to‘g‘risidagi e'lonlarni birinchilardan bo‘lib o‘z telefoningizda qabul qilasiz!
2. Narxlarni taqqoslash
Avtobor.uz saytidan avtomobil tanlar ekansiz, narxlarni taqqoslashni unutmang. Chevrolet avto markasi uchun avtomobilning batafsil ma'lumotlari qismidagi jadvalda ushbu markadagi avtosalondagi yangi avtomobil va xuddi shunday avtomobil uchun bozordagi o‘rtacha narxlarni taqqoslashingiz mumkin. Narxlarni taqqoslar ekansiz, mazkur avtomobilga berilayotgan narx adolatlimi yoki yo‘qmi degan savolga javob olasiz xamda sotuvchi bilan savdolashish uchun aniq asosga ega bo‘lasiz. Masalan, quyidagi avtomobil avtosalondagi yangi avtomobildan 23%ga va bozordagi xuddi shunday avtomobilning o‘rtacha narxidan 1,6%ga arzon.
Agar siz yaxshi narxga avtomobil sotib olishga tayyor bo‘lsangiz, Avtobor.uz sayti yoki @Avtoborbot telegram botiga xush kelibsiz! Yangi yoki haydalgan, naqdga yoki muddatli to‘lov asosida, bularning barchasi Avtoborda bor!
Sayt: Avtobor.uz
Telegram-bot: @Avtoborbot
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:07 / 19.02.2019
Avtomobilni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish yanada osonlashdi
13:48 / 19.11.2018
Foydalanilgan avtomobilni qanday qilib uzoq muddat davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish mumkin?
11:50 / 13.12.2017
Bozordagi haydalgan avtoulovlar «yarqirashi»ning siri nimada?
08:57 / 06.02.2017