Odatda avtomobilni sotilişiga bir neçta sabab bölişi mumkin. Bunday sabablar qatoriga avtomobilni yangilaş, pulga bölgan zarurat, avtomobil uçun yaxşi narx taklif qilinişi kabilarni kiritiş mumkin. Tabiiyki, pul zarur bölgan kişilar avtomobilni arzonga bölsa ham qisqa fursatda sotişga intilsalar, ikkinçi toifadagi sotuvçilar borki, ular öz avtomobilini qimmatga sotiş uçun keragiça kutişga tayyor böladilar. Bilamizki, arzonga avtomobil sotib olmoqçi bölganlar talaygina bölib, bunday taklif bilan bozorga çiqqan sotuvçilar xaridorni uzoq kutmaydi. U holda jozibador narxda sotilayotgan avtomobilni qanday qilib topiş va imkoniyatni qöldan boy bermaslik mumkin?
Avtobor.uz sayti tajribali avtodilerlar qöllaydigan bir neçta oddiy usullarni taklif qiladi:
1. Sotilayotgan avtomobillar e'lonlariga obuna böliş
Turli xil saytlarga avtomobil xaqidagi e'loningizni joylaştirişingiz bilanoq avtodilerlarning qönğiroq qilişi sizga taniş holatmi? Ular saytlardan xabarnoma olib turiş uçun obuna bölgan bölib, siz avtomobilingizni sotişingiz haqidagi e'loningizni joylaştirişingiz bilan ularga xabar keladi. Bunday xabarnomalarga istagan kişi ega bölişi mumkin bölib, odatda bunday xizmatlar bepul taqdim etiladi. Xöş, buni qanday amalga oşiriş mumkin?
Masalan, siz yaxşi holatdagi, narxi 5 000 ş.b.dan arzon bölgan Chevrolet Spark sotib olmoqçisiz, ammo avto saytlarda özingizga mos taklifni topa olmadingiz. U holda sizga Avtoborbot (@Avtoborbot) telegram botidan foydalanişni taklif qilamiz. Mazkur botga a'zo bölgaç, avval «Xarid» tugmasini bosasiz, keyin esa avtomobil markasini tanlab, qidiruv filtrini işga tuşirasiz. Şundan söng «Körsatiş» va «Obuna» tugmalarini bosasiz xolos! Endi siz 5 000 ş.b.dan arzonga sotilayotgan Chevrolet Spark avtomobillari töğrisidagi e'lonlarni birinçilardan bölib öz telefoningizda qabul qilasiz!

2. Narxlarni taqqoslaş
Avtobor.uz saytidan avtomobil tanlar ekansiz, narxlarni taqqoslaşni unutmang. Chevrolet avto markasi uçun avtomobilning batafsil ma'lumotlari qismidagi jadvalda uşbu markadagi avtosalondagi yangi avtomobil va xuddi şunday avtomobil uçun bozordagi örtaça narxlarni taqqoslaşingiz mumkin. Narxlarni taqqoslar ekansiz, mazkur avtomobilga berilayotgan narx adolatlimi yoki yöqmi degan savolga javob olasiz xamda sotuvçi bilan savdolaşiş uçun aniq asosga ega bölasiz. Masalan, quyidagi avtomobil avtosalondagi yangi avtomobildan 23%ga va bozordagi xuddi şunday avtomobilning örtaça narxidan 1,6%ga arzon.












