Odamlarning og‘irini yengil qilishda yaqindan ko‘mak berib kelayotgan “Avtobor.uz” avtoportali Android va iOS uchun maxsus mobil ilovasini taqdim etgan edi. Shuningdek, avtomobil izlash xizmatining barcha uchun qulay messenjer — ya'ni Telegram’da ham paydo bo‘lishi mashinalar bozoridagi e'lonlarni osonlik bilan topishga imkon yaratdi.
“Avtobor.uz”dan yana bir ajoib yangilik: @AvtoBor_Bot yordamida istalgan yerdan turib, avtomobil sotish imkoni ham paydo bo‘ldi.
Endilikda telegramdagi bot orqali nafaqat kerakli mashinalarni izlash, harid qilish, balki o‘zingiz ham bevosita avtomobilingizni sotuvga qo‘yishingiz mumkin.
Bu esa mashina sotuvchi va haridorlariga bir qancha yengilliklar yaratadi:
— Avvalom bor, siz sotishni istagan avtomobilingiz haqida osongina e'lon berishingiz mumkin;
— Bu sizni qimmatli vaqtingiz hamda naqdingizni tejaydi;
— Sayt yoki mobil ilova orqali talab qilinadigan ro‘yxatdan o‘tish (ya'ni registratsiya")ga hojat qolmaydi. Telegramdagi bot orqali bu ortiqcha muammo va tushunmovchiliksiz oson amalga oshadi;
— Kerakli suratlarni endilikda kompyuterdan uzoq vaqt izlash shart emas. Sababi, telefoningizda olingan suratlarni shu zahotiyoq telegramdagi botga yuklashingiz mumkin;
— @AvtoBor_Bot'da barcha zarur ko‘rsatmalar mavjud. Siz shunchaki mashina tavsifi haqidagi kerakli tugmalarni bosib, tanlasangiz kifoya. E'lon tayyor bo‘ladi.
— E'lonlarni ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida joshlash mumkin. Buning uchun botga kirib, "start" tugmasini bosasiz. Takliflar orasidan "Sozlash" bo‘limiga o‘tib, kerakli tilni belgilaysiz.
— Eng muhimi, bu xizmatdan foydalanish — bepul!





















