Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Samarqandda fermerlar bilan suhbatlashdi
Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi «Pure milk Oqdaryo» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, mirishkorlar bilan suhbatlashdi.

- Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi. Buning uchun har bir hudud, har bir sohada imkoniyatlar bor. Qishloq xo‘jaligida – yangi texnologiyalarni joriy qilib, hosildorlikni oshirish, xomashyoni qayta ishlash. Qayta ishlash bo‘lsa, daromad, ish o‘rni ko‘payadi, - dedi Prezident.

Paxtachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mazkur fermer xo‘jaligining maydoni 1 ming 360 gektar. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.
Davlat rahbari qolgan xo‘jalik va klasterlar yerini ham tomchilatib sug‘orishga o‘tkazish, hosildorlik past maydonlarda g‘allani qisqartirib, daromadi undan yuqori meva-sabzavotlar ekish, fermer va klasterlar uchun minitexnologiyalar yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026