Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston fuqarolari o‘zbekistonlik erkaklarni qullikda saqlashda gumonlanmoqda
Foto: Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi
Tojikiston fuqarosi bo‘lgan ayol va uning o‘g‘li o‘zbekistonlik erkaklarni qullikda saqlashda gumon qilinmoqda. Ular Moskva oblastiga olib kelingan va va'da qilingan pul hamda hujjatlarsiz qolgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, erkaklarga Serpuxov (Moskva oblasti) yaqinidagi qishloq xo‘jaligi maydonlarida 15 kunlik ish evaziga kamida 250 dollar maosh va'da qilingan. Ro‘yxatdan o‘tish va mehnat faoliyati uchun patent olish bahonasida migrantlarning barcha hujjatlari olib qo‘yildi. Bir oy o‘tgach, aldangan migrantlar politsiyaga murojaat qilishdi. 51 yoshli ayol va uning 29 yoshli o‘g‘li ushlandi.
Hozirda gumonlanuvchilar so‘roq qilinmoqda, jabrlanuvchilarning aniq soniga oydinlik kiritilmoqda. Yuzlashtirish va voqea joyni qo‘shimcha tekshirish rejalashtirilgan. Tergov sudga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi.
Mavzuga oid
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
12:42 / 14.02.2026