Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 yil sochini qisqartirmagan o‘smir sartaroshni «tavbasiga tayantirdi»
10 yil ichida ilk bor sartaroshga borgan britaniyalik o‘smir Oueyn Tomas turmagi bilan sartaroshni lol qoldirdi, deb yozmoqda Daily Mail. Nashrning yozishicha, 14 yoshli Oueyn autizmdan aziyat chekadi va har qanday o‘zgarishni og‘ir qabul qiladi hamda sochini qisqartirishdan qo‘rqadi. Bolaning otasi hikoya qilishicha, uning o‘g‘li har doim serferlarniki kabi soch turmagiga ega bo‘lishni xohlagan va sartaroshga borishni rad etib kelgan.

Onasi esa, soatlab soch tolalarini tarashga uringan, yaqinlari sartaroshga borishi kerakligiga ishontirishga harakat qilishgan, ammo barchasi aks samara bergan. Biroq, sinfdoshlarining kulgusiga qolmaslik uchun, u turmagini turli bosh kiyimlar ostida yashirishga uringan.
O‘z vaqtida maktab rahbariyati ham o‘smirning g‘alati soch turmagiga e'tibor qaratgan. Uzoq ko‘ndirish va soch shunchaki tushib qolishi haqida xavotirlardan keyingina Oueyn sartaroshga borishga rozi bo‘lgan.
«Men ilk bor shunday sochga duch kelishim», — degan sartarosh Jim Uilyams.
Uning qayd etishicha, bunday sochni qisqartirish «ko‘proq kartoshkani tozalashga o‘xshagan». Mutaxassis Oueynning imkon qadar ko‘proq sochini saqlab qolishga uringan.

Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026