Jahon | 17:46 / 01.08.2019
30249
2 daqiqa o‘qiladi

102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi 

Tailandning 102 yoshli fuqarosi Haj amalini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga bordi, deb xabar beradi Thai News.

No Lanai ismli ayol o‘z o‘g‘li bilan farz amalini bajarish uchun Makka shahriga yetib borgan. Ayni paytda u yoshi eng ulug‘ hoji ona hisoblanadi.

Foto: Thai News

Sog‘lig‘i joyida bo‘lishiga qaramay, No Lanai nogironlik aravachasida harakatlanmoqda. U Haj amalini ado qilish uchun kuch-quvvatini asrayapti. 

Muslima ayol anchadan buyon Hajga borishga harakat qilgani, ammo har safar rejalari turli sabablarga ko‘ra o‘zgarib qolgani haqida gapirib berdi.

Foto: Thai News

No Lanai Haj amalini ado qilish nafaqat ma'naviy, balki jismoniy tomondan ham tayyorgarlik ko‘rgan, turli mashg‘ulotlarni bajargan. 

Foto: Thai News

Eslatib o‘tamiz, bu yil musulmonlar Haj amalini 9-14 avgust kunlari bajaradilar.

Mavzuga oid