O‘zbekiston | 20:25 / 03.08.2019
123473
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanadi - Rasman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo qo‘ydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11 avgust, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin», deyiladi hujjatda.

Mavzuga oid