Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta xomashyosi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2018 yil 22 dekabrdagi 1037-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2018 yil 22 dekabrdagi 1037-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil hosilidan yetishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxini 4 000 000 so‘m miqdorida belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin) “4 000 000 so‘m” so‘zlari “qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 4 500 000 so‘m” so‘zlari bilan almashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2019 yil hosili paxta xomashyosining xarid narxnomasiga o‘zgartirish kiritadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2019 yil uchun tushumlar va xarajatlarining tasdiqlangan balansiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026