Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Faxriy fuqaro» maqomini berish tartibi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi
Foto: Tigran Megrabyan
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san'at, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
Ushbu maqom prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin. Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.
Agar ushbu tashabbus davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan bo‘lsa, qaror tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Ushbu maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025