Jamiyat | 13:40 / 06.08.2019
8164
1 daqiqa o‘qiladi
Uch nafar talonchi qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 2 avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 24 yoshli S.T., Guliston tumani Hamrobayev ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 24 yoshli E.J., Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli A.F.lar Bektemir tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Olmazor tumanida yashovchi 31 yoshli R.A.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxslar uning 380 000 so‘m pullari va 200 AQSh dollarini tortib olib ketganlar. Ko‘rilgan choralar natijasida S.T., E.J., A.F.lar ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
09:02 / 03.09.2024
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:54 / 19.06.2024