Andijonda odamlarni qurol va ötkir tiğli jismlar bilan qörqitib, jinoiy harakatlar sodir etib kelgan uyuşgan jinoiy guruh a’zolari uşlandi.

Tergov ma’lumotlariga köra, guruh a’zolari kriptoaktivlar ayirboşlaş bilan şuğullanuvçi şaxsni kuzatib, mijoz sifatida Andijon şahridagi supermarketlardan birining oldiga uçraşuvga çaqirişgan.

Jabrlanuvçini Damas avtomaşinasiga ötqazib, özlarini huquq-tartibot idoralari xodimi sifatida taniştirişgan. Guruh a’zolari uning noqonuniy kripto-aylanma bilan şuğullanişini aytib, jinoiy javobgarlik bilan qörqitişgan.

Söngra qurol va ötkir tiğli jismlar işlatib, qiynoqqa soliş orqali jabrlanuvçidan 150 ming dollar talab qilişgan. Natijada tovlamaçilik yöli bilan 100 ming dollar miqdoridagi kriptovalutani özlariga qaraşli kriptohamyonga ötkazib olişgan.

Guruh yetakçilari – «Hoji» laqabli Minhojiddin Alimov (1995 yilda tuğilgan) hamda «Muftiy» laqabli Abdumalik Şokirov (1995 yilda tuğilgan) hozirda mamlakatdan çiqib ketgan, ular qidiruvga berilgan. Bu ikki şaxs muqaddam Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan sudlangan. Hozirda ularni qölga oliş çoralari körilmoqda.

Guruhning yana ikki a’zosi – «Şayton» laqabli Javohir Jörabekov va Javlonbek Yuldaşev qölga olingan. 

Tezkor qidiruv davomida guruh a’zosi Omadbek Yusufjonovning (2000 yilda tuğilgan) boşqa jinoyati ham foş etilgan. U ayol kişiga kuç işlatib, tan jarohati yetkazgan va uning iPhone 16 Pro Max telefonini tortib olgan. Şuningdek, u ayolning 10 mln söm puliga ham ega çiqqan.

IIVga köra, guruh a’zolari sportning turli yönalişlari bilan şuğullanib kelgan va köçada fuqarolarga nisbatan doimiy ravişda zöravonlik körsatib kelgan. Şuningdek, ularning xorijiy davlatlarda ham inson salomatligiga qarşi jinoyatlar sodir etgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik), 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) hamda 166-moddasi (Talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV uşbu şaxslardan jabr körgan fuqarolardan 102 raqamiga yoki yaqin atrofdagi IIB bölimlariga murojaat qilişni söramoqda. Murojaatçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.