Toşkentda hindistonlik sayyohning pulini tortib olgan erkak ozodlikdan mahrum qilindi. U muqaddam ham talonçilik va ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş jinoyatlarini sodir etgan va xavfli retsidivist deb topilgan.

Kun.uz tanişgan sud hukmiga köra, 1987 yilda tuğilgan M.U. 2025 yil 16 oktyabr kuni soat 2:40 larda özganing mulkini talon-toroj qiliş maqsadida Toşkent xalqaro aeroportiga borgan. U aeroportda sayohat qiliş uçun Özbekistonga uçib kelgan Hindiston fuqarosi Nagohalli Lingaraju Harşitni uçratgan.

M.U. sayyohga özini kirakaş sifatida taniştirgan va manziliga arzon narxda olib borib qöyişini aytib, uni aldagan. Söngra taksi çaqirgan. Çaqiruvga binoan yetib kelgan taksist B.J.ning maşinasiga sayyohni mindirgan. Uning jinoiy rejasidan taksistning xabari bölmagan. Çunki M.U. sayyoh bilan ingliz tilida muloqot qilgan va ularning suhbatini taksist tuşunmagan.

Aytilgan mehmonxona oldiga yetib borganda taksist yukxonadan sayyohning sumkasini oliş maqsadida maşinadan tuşgan. Şu payt M.U. maşina eşiklarini içkaridan qulflab, orqa örindiqda ötirgan sayyohning hamyonidagi 250 yevro pulini tortib olgan. Söngra voqea joyidan yaşirinib, talonçilik bilan qölga kiritgan pullarini şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

M.U. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan. U aeroportga tarjimonlik qilib pul topiş maqsadida borganini, hindistonlik sayyohning pulini tortib olmaganini aytgan.

Nagohalli Lingaraju Harşit esa M.U. maşina içida pulini tortib olganini, uning harakatidan qörqib ketib, “Help! Help” deb baqirganini va avtomobil eşigini urganini bildirgan.

“2023 yildan buyon Polşadagi “Internation paper” kompaniyasida dasturçi bölib işlayman. Ba’zida boşqa davlatlarga aylanişga borib turaman. 2025 yil oktyabr oyi boşida internetda Özbekiston haqida ma’lumot kördim va uşbu davlatga sayohat qilişni xohladim.

2025 yil 15 oktyabr kuni Polşadan Özbekistonga uçib keldim. Aeroportdan çiqib, telefonimdagi Yandeks ilovasidan mehmonxonaga taksi çaqirmoqçi bölganimda, oldimga notaniş erkak kelib, ingliz tilida muloqotga kirişdi. U taksi çaqirib ötirmasligimni, özi taksiçi ekanini, mehmonxonaga olib borib qöyişini aytdi. Men rozi böldim. Şunda u maşinasini minib kelişini aytib ketdi va köp ötmay kulrang maşinada keldi.

Maşinada haydovçi bölganini körib, nima sababdan boşqa şaxs boşqaruvidagi avtomobilda kelganini söradim. U haydovçisi ukasi ekanini aytdi. Men orqa örindiqqa ötirdim.