Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bitta litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin
YaIDXPda “Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish” xizmati ishga tushirildi.
Norma’ning yozishicha, u tegishli litsenziyalar egalari-yuridik shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, litsenziyani qayta rasmiylashtirish jarayoni Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Lisenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziyaga ega bo‘lgan lisenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda ham litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Lisenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab 5 kun ichida amalga oshiriladi. Bunda yig‘im undiriladi – 1 EKIH.
Mavzuga oid
08:50
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025