Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarim kilogrammdan ortiq kumushlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida 3 ta holatda yarim kg.dan ortiq kumush taqinchoqlarning noqonuniy olib olib kirilishi oldi olindi. Ularning umumiy qiymati esa 17 mln. so‘mdan oshadi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lum qildi.
Jumladan, qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelayotgan fuqaro B.M. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning oyoq kiyimi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan umumiy qiymati 5,5 million so‘mlik 186 gramm bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa respublikamizga kirib kelgan fuqaro E.D.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs umumiy qiymati 5,7 million so‘mlik 190 gramm kumushdan yasalgan turli zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirganligi fosh bo‘ldi.

Fuqaro B.X. tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikka ham o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Ya'ni ushbu shaxs yuklari orasiga 6 million so‘mlik 202 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari yashirgan ekan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me'yorlariga ko‘ra, 65 gr.gacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin.
Mazkur tartiblar haqida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan chegara-bojxona postlarida va chegaradosh hududlardagi mahallalarda uyma-uy yurib targ‘ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy daromad orttirish maqsadida turli hiyla nayranglar asosida bojxona qoidalarini buzishga urinishlar ko‘plab sodir bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026