O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdulla Aripov va O‘zbekiston delegatsiyasi 11-12 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi “Avaza” turizm zonasida tashkil etilgan 1-Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda. Forumda Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarboyjon, Eron, Bolgariya va boshqa davlatlardan kelgan delegatsiyalar qatnashmoqda.
O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov forum doirasida Eron birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriyni qabul qilgan. Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olish bo‘yicha fikr almashildi. Tomonlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan bir-birini tabriklagan.
Bundan oldin, Turkmaniston qo‘shni davlatlarga innovatsion shahar barpo etish taklifi bilan chiqqandi.