Jahon | 21:45
956
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi

Mutaxassislar 2027 yilni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi ehtimoli yuqori deb baholamoqda.

Turkmanistonning Esenguli meteostansiyasida 30 may soat 17.00 da harorat qariyib +46 daraja (+45.8 daraja) issiqni tashkil etdi.

Bu qiymat Turkmaniston kuzatuvlar tarixida may oyida qayd etilgan eng yuqori harorat qiymatidir.

Jahon meteorologiya tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2026–2030 yillar oralig‘ida Yerdagi o‘rtacha harorat tarixiy rekord darajalarga yetishi mumkin.

Mutaxassislar 2027 yilni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi ehtimoli yuqori deb baholamoqda.

Bu holatga asosiy omillardan biri sifatida El-Nino iqlim hodisasi ko‘rsatilmoqda. U Tinch okeanning ekvator qismida suv haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ob-havo sharoitlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid