“Dunyo” AA xabar qilişiça, suhbat çoğida özbek-turkman munosabatlari sönggi yillarda barça sohalarda izçil rivojlanib borayotgani, ayniqsa Toşkent va Aşxobod şaharlari örtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida tomonlar şaharlar örtasidagi birodarlik munosabatlari töğrisidagi bitimni amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda delegatsiyalar almaşinuvini faollaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Şuningdek, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va madaniy-gumanitar tadbirlarni köpaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuvda Aşxoboddagi “Toşkent” va Toşkentdagi “Aşxobod” istirohat boğlari ikki xalq örtasidagi döstlikning yorqin ramzi ekani qayd etildi. Joriy yilda ikki davlatning muhim sanalariga bağişlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş böyiça takliflar ham körib çiqildi.

Tomonlar xalqaro tadbirlarda özaro iştirokni yanada faollaştirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.