O‘zbekiston | 11:14 / 14.08.2019
31218
2 daqiqa o‘qiladi

DXM orqali qator xizmatlar taqdim etilishi vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

2019 yil 14-19 avgust kunlari Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar taqdim etilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

DXA xabariga ko‘ra, quyidagi xizmatlar taqdim etilishi vaqtincha to‘xtatiladi:

- farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
- pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
- fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
- dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma'lumotiga ko‘ra, mazkur ishlarni fuqarolarga pensiya ta'minotiga oid ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda “Pensiya” dastyriy majmuasi faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, dasturni yangi ma'lumotlar saqlash qurilmasiga ko‘chirish uchun amalga oshirish zarur.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid