Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kumushlarni yashirincha olib o‘tishga urinish naf bermadi
Yurtimizga kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarining yashirincha olib kirilishiga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib bormoqdalar.
Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Malik” chegara punkti xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.
Xorijiy davlat fuqarosi M.R. qo‘shni mamlakatdan kirib kelar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 43,2 million so‘mlik og‘irligi 1440,7 grammni tashkil qiluvchi kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026