Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda qimmatbaho metalllarning noqonuniy muomalaga kiritilişiga çek qöyildi.

Ma’lum bölişiça, Toşkent şahrida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan şaxs 13 dona quyma bölaklardan iborat bölgan, jami 10 kilogramm 35 gramm kumuşni maxsus xaridorga 20,8 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mutaxassislar xulosasiga köra, mazkur kumuşning umumiy qiymati 235 million 229 ming sömni taşkil etadi.

Tergovga qadar tekşiruvlar davomida gumonlanuvçi zargarlik buyumlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi mas’uliyati çeklangan jamiyat xodimi ekani aniqlangan. Şuningdek, uşbu korxonada oltin va kumuş mahsulotlariga qayta işlov berilgani, biroq affinaj faoliyati bilan şuğullaniş uçun tegişli ruxsatnomaga ega emasligi ma’lum bölgan.

Tezkor tadbir davomida mazkur manzildan umumiy qiymati 3 milliard 483 million sömlik 58 kilogramm kumuş hamda 2,2 kilogramm oltin borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.