Qatarda issiqqa qarshi kurashishning antiqa yo‘li o‘ylab topildi
Qatarning jamoat ishlarini o‘tkazish boshqarmasi poytaxt Doha ko‘chalarini ko‘k rangga bo‘yash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. Yapon kompaniyasi bilan birga o‘tkazilayotgan tajriba yo‘llarni sovitishga yordam berishi kerak.
“Qora rangdagi asfaltning harorati havo haroratidan 20 daraja issiq bo‘ladi, chunki qora rang issiqni o‘ziga tortib, uni qaytaradi. Shu sababli asfalt haroratini 15-20 darajaga pasaytirish uchun ba'zi ko‘chalarni ko‘k rangga bo‘yashga qaror qilindi”, deb muhandis Sa'd al-Do‘sariy aytgan so‘zlarni keltirgan “Ar-Rayya” nashri.
Birinchi bo‘lib Abdulloh bin Jasim nomidagi ko‘chani bo‘yashga qaror qilingan. Bu ko‘chada Dohaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – qadimgi Suk al-Vaqif bozori joylashgan. Bu ko‘chada deyarli daraxtlar yo‘q bo‘lib, yozda havo harorati 50 darajagacha ko‘tariladi.
Muhandisning qo‘shimcha qilishicha, ko‘k rangga bo‘yalgan ko‘chalarda harorat o‘zgarishi ortidan 1,5 yil kuzatuv olib boriladi.
Mavzuga oid
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
20:17 / 12.11.2024