Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamarizo Nurmuratov: valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanadi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda qayd etilishicha, Markaziy bank tomonidan valuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilindi.
“Bu farq endi valuta sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan belgilanishiga qaror qilindi. 0,5 foizli chegirmaning borligi valuta bozori ishtirokchilari manfaati uchun zid, degan qarorga kelindi”, - deya aytib o‘tdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Bundan oldin, Markaziy bank raisi naqd valuta sotuvi haqida gapirib, jamoat joylaridagi shoxobchalarda bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026