O‘zbekiston | 11:38 / 21.08.2019
22908
1 daqiqa o‘qiladi

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Foto: astrg.ru

“Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

yuridik shaxslar uchun – 4 yil;

jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Mavzuga oid