Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 mlrd dollarlik O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
27 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi chog‘ida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi o‘rtasida ustav jamg‘armasi 1 milliard AQSh dollarga teng bo‘lgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ushbu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsion hamkorlikning yuqori o‘sish sur'atlaridan dalolat beradi: moliyalashtirishning barqaror mexanizmi shakllantirilishi ustuvor yuqori texnologiyali loyihalarni jadal amalga oshirishda bor kuchni sarflashga imkon beradi.
Xitoylik sheriklar bilan oldingi kelishuvga ko‘ra, asosiy e'tibor kimyo va neft-kimyo sohasidagi sanoat korxonalariga va neft-gaz sektoridagi ishlab chiqarish obektlariga qaratiladi.
Yaqin kelajakda, O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan istiqbolli loyihaviy takliflar to‘plamini tayyorlaydi, ularning asosiy qismini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan hamda tegishli xomashyo bazasi va kadrlar resurslariga ega bo‘lgan respublika hududlarida joylashgan ko‘p bosqichli ishlab chiqariladigan sikllarning eksportga yo‘naltirilgan korxonalar tashkil etadi.
Shu munosabat bilan Xitoy tomoni bilan texnik-iqtisodiy ekspertiza va keyinchalik tasdiqlash uchun loyihalarini manzilli ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026