Jamiyat | 08:59 / 28.08.2019
4430
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zganing uyini sotib, pulni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

2019 yil 22 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 63 yoshli X.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 63 yoshli T.Ye. uni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib X.A.ga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanidagi xonadonini fuqaro Z.S.ga 215 mln.  so‘mga sotib yuborib pullarni X.A.ga bermay o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.Ye. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid