Maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari bo‘yicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga 2027 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.
2028 yil 1 yanvarga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida bo‘lgan mol-mulk obektlari bozor narxida qayta baholanib, 10 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri realizatsiya qilinadi;
realizatsiya qilingan mol-mulk obektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 6 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi.











