O‘zbekiston | 11:50 / 28.08.2019
10630
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtning 3ta tumanida yangi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlandi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 28 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtning Chilonzor, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlari iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni joriy etish ishlari boshlandi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati shuni inobatga olib, xonadonda voyaga yetgan shaxsning imkon qadar ishtirokini ta'minlashni hamda hozirda mavjud hisoblagich ko‘rsatkichini fotosuratga olib qo‘yishni tavsiya qildi.

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi 257 mingdan ziyod aholi iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi. 

Ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan. 

“Shunga ko‘ra, iste'molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmaslikni, balki yordam berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid