Jörabek Mirzamahmudov energiya samaradorligi va energiya resurslari yöqotişlarini kamaytiriş böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan tanqidiy yiğiliş ötkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ötkazilgan yiğilişda tarmoq rahbarlari, hududiy elektr va gaz korxonalari mutasaddilari iştirok etgan.

Qayd etilişiça, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan olib borilgan örganişlarda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida hududlarda işçi guruhlar tuzilgan. Ular 106 140 ta transformator punktining texnik holatini örganib, 25 668 tasi ta’mirtalab ekanini aniqlagan. Hozirda ularni ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.

Yiğilişda yuqori yuklamali tarmoqlarda simlarni almaştiriş, zarur hududlarda elektr tarmoqlarini tezkor modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, noqonuniy holatlarning oldini oliş çoralarini kuçaytiriş böyiça topşiriqlar berilgan.

Şuningdek, elektr energiyasi yöqotişlari 20 foizdan yuqori bölgan hududlar kesimida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzaxdagi 7 ta, Samarqanddagi 10 ta, Qaşqadaryodagi 4 ta, şuningdek Sirdaryo, Toşkent va Farğona filiallaridagi 2 tadan tuman va şahar elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etilgan.

Yiğilişda gaz ta’minoti bilan boğliq masalalar ham tanqidiy körilib, jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbarini işdan oliş böyiça topşiriq berilgan.

Avvalroq energiyani tejaş maqsadida gaz va svet iste’moliga çeklov kiritiş taqiqlangani xabar qilingandi.