O‘zbekiston | 10:00 / 29.08.2019
7638
2 daqiqa o‘qiladi

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari belgilandi

“Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Nizomga asosan, identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvonlarning egalaridan undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari belgilandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Identifikatsiya qilish shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi – 4 460 so‘m;

har bir qo‘y, echkilar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 foizi – 3 345 so‘m;

har bir it va mushuklar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi – 2 230 so‘m. 

Identifikatsiya uchun to‘lov tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari hisobvarag‘iga, naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. 

Veterinariya pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish – bu birkalash, tamg‘alash, jyetonlash va chip o‘rnatish orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirish.

Mavzuga oid