«Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş töğrisida»gi qonun roppa-rosa bir yildan söng, 2026 yil 7 avgust kuni kuçga kiradi.

Qonunda, şuningdek, 12-moddaning 2-qismi 2028 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritilişi qayd etilgan. Uşbu qismda hayvonlar egasining quyidagi majburiyatlari haqida söz boradi:

- hayvonlarni identifikatsiya qiliş, hisobga oliş va monitoring qiliş töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qiliş,

- ularni identifikatsiya qiliş, röyxatdan ötkaziş, hisobdan çiqariş yoki egasi özgargan taqdirda qayta röyxatdan ötkaziş uçun zarur ma’lumotlarni öz vaqtida taqdim etiş;

- tegişli röyxatdan ötmagan hayvonlarni saqlaş va köpaytirişga yöl qöymaslik.

Avvalroq Özbekistonda jismoniy va yuridik şaxslarga öz qaramoğidagi barça hayvonlarni röyxatdan ötkaziş majburiyati yuklangani haqida xabar berilgan edi.

Röyxatdan ötkaziş bilan Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi Identifikatsiya markazi şuğullanadi, u röyxatga olingan hayvonlar töğrisidagi ma’lumotlarni yiğiş va real vaqt rejimida axborot almaşinuvini ta’minlaş böyiça elektron tizimning işlaşi uçun ham javobgardir. Hayvonlarni identifikatsiya qiliş uçun yorliqlar yoki çiplardan foydalaniladi.