Qonunga köra, Özbekiston hududida jismoniy yoki yuridik şaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) köpaytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinişi hamda röyxatga olinişi kerak.
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.
Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qiliş va röyxatga olişning quyidagi muddatlari belgilangan:
- qoramol, köy, eçki va tuya – tuğilganidan 14 kundan keyin;
- ot – tuğilganidan 4 oydan keyin;
- çöçqa – tuğilganidan 1 oydan keyin;
- it va muşuk – tuğilganidan 3 oydan keyin.
Bunda hayvonlar körsatilgan muddat tugaganidan keyin 1 oydan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi va röyxatga olinişi kerak.
Saqlaş va (yoki) köpaytiriş maqsadida Özbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi lozim.








