Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud, tergovchi va surishtiruvchining vakolatlari kengaytirildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:
29-moddaning (Sudning vakolatlari) birinchi qismi «protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
36-moddaning (Tergovchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-1-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
uchinchi qismi «uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
38-1-moddaning (Surishtiruvchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-1-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
uchinchi qismi «uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Mavzuga oid
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
19:00 / 23.01.2026