Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi lift shaxtasiga tushib ketdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019 yilning 28 avgust kuni Leningrad oblasti Kronshtadt shahridagi qurilish maydonlaridan birida 4 ta ishchi, jumladan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi B.B. va K.B. lift shaxtasiga tushib ketgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
B.B.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ruxsat berilgan. K.B. Janalideze nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan va hozirda uning holati shifokorlar tomonidan «qoniqarli» deb baholanmoqda.
Bosh konsulxona mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
23:15 / 11.08.2025