Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada sayyohlarga delfinlar bilan cho‘milish taqiqlandi
Yangi Zelandiyaning Orollar ko‘rfazida sayyohlarga afalin-delfinlar bilan cho‘milish taqiqlandi. Bu haqda Lonely Planet nashri xabar berdi.
Taqiqlov Yangi Zelandiyada delfinlar bilan suzish ekskursiyalarini tashkillashtiruvchi sayyohlik operatorlari faoliyatiga nisbatan kiritilgan.
Mamlakat tabiatni muhofaza qilish departamenti tadqiqotlariga ko‘ra, sayyohlar delfinlar bilan ko‘p vaqt o‘tkazishadi va buning oqibatida dengiz jonzotlarining tabiiy hayot ritmi izdan chiqadi. Bu esa ularning ko‘payishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Delfinlar odamlar bilan ko‘p aloqa qilgani sababli uyqu, oziqa qidirish va bolalarini oziqlantirishga kamroq vaqt ajratadi.
Afalin delfinlar Yangi Zelandiyada yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan tur hisoblanadi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, 1999 yildan beri ko‘rfazga qaytuvchi delfinlar soni 2 martadan ko‘proqqa kamayib ketgan. Shuningdek, ko‘rfazda ularning bolalari o‘limi yuqori (75 foiz).
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025