Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yana mojaro kelib chiqdi
O‘tgan shanba, 31 avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mojaro kelib chiqdi. Bu haqda Knews xabar bermoqda.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabar berishicha, Botken viloyatining Tosh-Tumshuq qishlog‘idagi bahsli hududda bir guruh tojiklar asfalt yotqizishni boshlagan. Chegarachilar ogohlantirgandan so‘ng ham ish to‘xtatilmagan.
Natijada tojiklar va qirg‘izlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi, qurbonlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Internetda mojaroning oqibatlari aks ettirilgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi «Sputnik-Tojikiston». Videoda ikki mamlakatning aholisi bir-biri bilan bahslashayotgani, mojaro hududini tark etayotgan qurilish texnikalarini ko‘rish mumkin.
Videodagi erkaklar qizg‘in bahsga kirishishgan bo‘lib, mahalliy aholining baland ovozlari eshitilgan. Videoda vaziyatni hal qilish uchun kelgan chegarachilar, politsiyachilar va hokimiyat vakili ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida qurolli nizo sodir bo‘lgandi. Tojikistonning Vorux va Qirg‘izistonning Aksay qishloqlari aholisi ishtirokida yuz bergan nizoda Tojikiston tomondan 16 kishi, Qirg‘iziston tomondan 5 kishi jabrlangani ma'lum qilingan.
O‘z navbatida, Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi nizoni prezidentlar uchrashuvi arafasidagi ig‘vo deb atagan.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025